“Desk.uz”ni bilasizmi?
Desk.uz - bu onlayn rejimida axborotni boshqarish asbobi bo'lib, foydalanuvchi O'zbek Internetidagi o'zini qiziqtirgan axborot resurslarini bir joyga yig'ishi va foydalanishi mumkin. Servis oldiga qo'yilgan ustuvor vazifalardan biri turli sohalarga tegishli saytlarning eng so'nggi va foydali ma'lumotlarini (biznes, davlat organlari, aloqa va axborot sohasi, ko'ngilochar va hokazo) to'plash va taqdim etishdir. Shu yo'sinda axborotni qidirishga sarfanadigan vaqt, kuch hamda traffik tejab qolinadi.
Desk.uz ni ID.UZ xizmatidan ro'yxatga o'tgan har qanday foydalanuvchi ishlatishi mumkin. Ro'yxatdan o'tib, o'zini tanitmagan foydalanuvchilar ham xizmatdan bemalol foydalanadilar, ammo imkoniyatlari cheklangan bo'ladi.
O'z "ish stoli"ni qanday tartiblash har bir foydalanuvchining o'ziga havola: masalan, har bitta sayt uchun vidjet (widget) qilingan bo'lib, foydalanuvchi ularni ekran bo'ylab harakatlantirishi - qiziqishiga mos ravishda ustuvorligini belgilashi mumkin. Vidjetlarni mavzusiga ko'ra guruhlash, ularni tablarga biriktirib, nom berish, lozim topilmaganlarini o'chirib qo'yish imkoniyati mavjud.
DAVOMINI O'QING >>