"Акс-Садо" (aks_sado) wrote,
"Акс-Садо"
aks_sado

2011 yilning muhim sanalari (Fevral)



1 fevral - Koreys tadbirkorlarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etilgan (2001) kun.
4 fevral - Opera xonandasi (bastakor), O'zbekiston xalq artisti Yesipov Ivan Nilovich (1901-1963) tavalludining 110 yilligi.
6 fevral - Abdulla Qodiriy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) ta'sis etilgan kun.
9 fevral - Buyuk o'zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 570 yilligi.
13 fevral - O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi tashkil etilgan (2001) kun.
14 fevral - O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zaxriddin Muxammad Bobur (1483-1530) tavallud topgan kun.
15 fevral - Shoira Saida Zunnunova (1926-1977) tavalludining 85 yilligi.
16 fevral - O'zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a'zo bo'lgan kun (1992).
17 fevral - Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).
17 fevral - Turaqo'rg'on tumani tashkil etilganiga (1936) 75 yil to'ldi.
18 fevral - Aktyor, rejissyor, o'zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O'zbekiston xalq artisti Sayfi Olimov (1901-1984) tavalludining 110 yilligi.
21 fevral - Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO).
23 fevral - "O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo'mitasi" tuzilgan kun (1991).
24 fevral - O'zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a'zo bo'lgan kun (1994).
25 fevral - Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi "Jahon axborot agentligi" tashkil etilgan kun (1994).

Manba: www.natlib.uz 
Tags: Турли-туман
Subscribe
  • Post a new comment

    Error

    default userpic
    When you submit the form an invisible reCAPTCHA check will be performed.
    You must follow the Privacy Policy and Google Terms of use.
  • 2 comments