- Har yili noyabr oyida London shahrida eng katta tantana va dabdaba bilan o`tadigan an'anaviy marosimlardan biri qirolichaning o`z qarorgohi Bukengem saroyidan parlament binosi - Vestministerga nutq so`zlash uchun ko`chib o`tishidir. Bu tantanada qirolichaning 6 juft oq ot qo`shilgan zarhal faytonini o`rta asr libosini kiyib olgan otliq gvardiya eskadroni boshlab boradi. Otliq gvardiya egniga Vaterloo jangi zamonidagi tantanavor harbiy anjom kiyib oladi.
- Yaponiyaning davlat tuzumi 1947 - yilda konstitutsiya qabul qilinguniga qadar mutloq monarxiya bo`lib , monarxiya qonunlari imperatorga cheklanmagan hokimiyat berib , uni ilohiylashtirar edi. 1947- yilda mutloq monarxiya bekor qilindi, biroq mamlakatda saqlanib qolgan an'anaga ko`ra bu yerdagi yil hisob (sana)larning biri navbatdagi imperatorning davlat boshiga kelishidan boshlanadi. Taxtga 1989- yil boshida imperator Akihito kelishi munosabati bilan bog`liq yangi yil hisobi "xeysey" deb atala boshladi. " Xeysey " - "butun dunyoda , Yerda va osmonda tinchlikni barqaror toptirish" demakdir.