"Акс-Садо" (aks_sado) wrote,
"Акс-Садо"
aks_sado

“A’lochilar uchun o’quv ko’nikmalari”

 Fred Orrning "A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari" ("Study Skills for Successful Students") kitobi 1992 yilda Avstraliyada nashrdan chiqqan. Unda o'quv yurtlari talabalarining o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirishlari uchun muhim bo'lgan bir qator ko'nikmalar haqida so'z yuriltiladi va ushbu ko'nikmalarni rivojlantirsh borasida foydali maslahatlar beriladi. Kitobda berilgan maslahatlar yuqori sinf o'quvchilari, kollej va oily o'quv yurtlari talabalari uchun birdek mos keladi. Talabalar o'quv faoliyatidan keltirilgan misollar, yoki keyslar (case study) har bir talaba duch keladigan turli-tuman sharoitlarni tasvirlaydi. Ular asosida muallif o'z fikrlarini bildiradi va muammolarni bartaraf qilish borasidagi usullar bilan tanishtiradi. Keltirilgan keyslarning qahramonlarining ba'zilari ma'lum kurs bo'yicha mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o'tgan va a'lo natijalarga erishgan bo'lsalar, ayrimlari qiyin ahvolga tushib qolganlar. Bu yerda muallif yetkazmoqchi bo'lgan muhim ma'lumot shundaki, o'qish jarayonidagi har bir tajriba o'zida xos ijobiy potensialga ega. Hatto kurs ishi yomon baho bilan qaytarib berilsa ham. Masalaning "yorqin tarafi"ga qaraydigan bo'lsak, bu talabaning ma'lum ko'nikmalarini rivojlantirishiga bo'lgan bir chaqiruvdir. 
 

Talabalardan tashqari, kitobning boshqa bir muhim auditoriyasini o'qituvchilar, ma'ruzachilar va ota-onalar tashkil qiladi.


Ta'lim shunchalik muhimmi? Axir, bir necha yil sinf partasida yoki auditoriyada o'tirib, keyin hayot tashvishlariga, kasbga aloqador faoliyatga shong'ib ketamiz-ku? Domlalar bizga beradigan bir olam materialga qo'shimcha qilib Fred Orrning kitobini o'qishimiz shartmi? Turgan gapki, 10 yildann keyin, masalan, hech kim bizdan Shekspirning "Makbet"idan biron sahnani yoddan ayytib berishimizni talab qilmaydi. Adabiyot muallimi yoki teatr aktyori bo'lib yetishmasak, albatta.. Samarali tahsil olishdan maqsad bu tonnalab aniq faktlarni yodlab olish emas, balki kishi o'zini va hayotda kerakli ko'nikmalarini rivojlantirib borishidir.

Bitiruvchi ish talab qilib tashkilotlarga borganida rahbarlar uchun eng muhimi uning diploma hisoblanadi. Aslida diplom uning egasiga xos bo'lgan distsiplina, tirishqoqlik va qat'iyatdan dalolat berib turishi kerak. Mehnat bozorida raqobat kuchli va ish o'rinlari cheklangan sharoitlarda, ish beruvchining diqqat-e'tiborida diplomdan tashqari mutaxassisning maxsus bilim va ko'nikmalari bo'ladi. Aynan shu bilim va ko'nikmalar uni boshqa raqiblaridan ajratatib turadi va maqsadga yaqinlashtiradi.


Ushbu kitobdan olinadigan samarani oshirish maqsadida TUF (try, use and fun), ya'ni "sinash, qo'llash va zavqlanish" yondashuvini qo'llashingizni tavsiya qilamiz. Qanchalik ko'psinasangiz, shunchalik ko'nikmangiz oshadi. O'rganayotgan narsalaringizni turlicha o'rinlarda qo'llashingiz kerak bo'ladi. Masalan, ma'lum nazariya yuzasidan bahslashsangiz, muhokama olib borsangiz yoki hatto kuyga solsangiz u xotirangizda yaxshi o'rnashadi, ko'nikmaga aylanadi. Biroz g'alati eshitilishi mumkin, ammo bu ko'pchilikning tajribasida sinalgan.


TUF yondashuvining uchinchi qismi bu zavqlanishdir. O'quv jarayonini kayfiyatingizni ko'taradigan tarzda tashkillashtirsangiz va olib borsangiz, jarayon ancha yengillashadi va qiynalmaysiz. Bunda sizning fantaziyangiz yordam beradi. Imkonini toping, o'yinlar, ko'riklarlar va sahnalar uyushtiring, ularga boshqa talabalarni jalb qiling. O'qish jarayoni zerikarli va quruq bo'lishi kerak, deb hech qayerda yozilmagan. Hatto top-menedjerlar ham yangi menedjment ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida o'z tashkilotlarida maqsadli o'yinlarni yo'lga qo'yganlar.


Xullas kalom, kitobdan bahra oling, keltirilgan ko'nikmalarni amalda qo'llang va muvaffaqiyat sari otlaning!



Fred Orr,

Sidney, 1992


Ushbu kitobni Kutubxona 2.0 hamjamiyatiningDarsxona blogida o'qib borishingiz mumkin:

http://kutubxona2.doira.uz/Alochilar-uchun-oquv-konikmalari-0Kirish 
Tags: Китоблар хакида!, Маънавият ва маърифат
Subscribe
  • Post a new comment

    Error

    default userpic
    When you submit the form an invisible reCAPTCHA check will be performed.
    You must follow the Privacy Policy and Google Terms of use.
  • 0 comments