"Акс-Садо" (aks_sado) wrote,
"Акс-Садо"
aks_sado

Hikmatlar: mutolaa xususida




⇒O'qirkansan, xuddi biror lug'atdagi kabi o'qiganlaring xotirangning bir chekkasida qolib ketmasliging lozim, ular vujuding va qoninggacha singib ketishi uchun chuqur o'ylab, mulohaza yuritib o'qishing kerak.


R.Emerson



⇒Agar biz bilim orttirish niyatida kitob o'qir ekanmiz, shoshmay o'qishimiz, kitoblarda uchraydigan jami bizga notanish, o'rganishni istagan narsalarimizni yozib borishimiz darkor.


E.Fage



⇒Agar nimanidir o'qib chiqqan bo'lsang, undagi asosiy fikrni uqib ol. Men ham shunday qilaman: o'qigan narsamdan albatta nimanidir yozib olaman.


Seneka


⇒Kitob odamni bilag'on, suhbat topqir qiladi; yozib olish odati esa uni aniqlikka o'rgatadi.

 

⇒Biryoqlama o'qish - qanchalik izchil tarzda bo'lmasin, har qancha tartibsiz o'qishdan ham zararlidir. Insoniyat bilimining faqat bir sohasinigina o'rganishday odamning aqlini quritib, fikrlash ufqini toraytiradigan narsa yo'q.


A.M. Skabichevskiy



⇒Odam ko'p va ichida tez o'qishni odat qilishi kerak. O'qish jarayoni mutlaqo beixtiyor tarzda bo'lishiga va fikrning chalg'imasligiga erishish lozim. Lekin bu ham yetarli emas. O'qilgan narsa haqida o'zingga hisobot ham berishing zarur.


N.K.Krupskaya



⇒Kitoblarni xuddi qamoqqa solganday qulflab qo'yish kerakmas, ular kutubxonadan albatta xotiraga o'tishi kerak.


F.Petrarka



⇒Kitob o'qish - ishning muqaddimasi. Hayotiy ijod - mana maqsad nimada.


N.A. Rubakin



⇒Eslab qolishni istamasang, o'qimay qo'yaqol. Tatbiq etishni nazarda tutmasang, hech narsani eslama.


J.Blekki



⇒Kitobni bu qadar nimtalab o'qish uchun yo o'ta sodda kitobxon bo'lish kerak, yoki kitob muallifi uning har bir so'ziga o'zining yurak qo'rini qo'shgan.


M.M.Prishvin



⇒Uch xil o'qish bor: birinchisi: o'qib tushunmaslik; ikkinchisi - o'qib tushunish; uchinchisi - o'qish va hatto yozilmagan narsani ham anglab yetish.


Ya.B.Knyajnin
 


⇒Mushohada yuritmay turib, qancha ko'p o'qisangiz, shuncha ko'p bilayotganga o'xshayverasiz. Agar o'qiyotganda qanchalik ko'p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.


F. Volter


Manba: http://kutubxona2.doira.uz/Hikmatlar-mutolaa-xususida-II 

</span>
Tags: Китоблар хакида!, Маънавият ва маърифат
Subscribe
  • Post a new comment

    Error

    default userpic
    When you submit the form an invisible reCAPTCHA check will be performed.
    You must follow the Privacy Policy and Google Terms of use.
  • 0 comments