Kiyinish madaniyati, suhbatlashish odobi, kelinlik odobi, kasb odobi, mehmondorchilik odobi, muomala odobi kabi maqolalar kitobdan joy olgan. Shuningdek, kamtarlik, mardlik, jasorat, insonparvarlik, insof, do'stlik, vijdon, burch, baxt, ishchanlik, ko'ngilchanlik, mas'uliyat, rostgo'ilik, poklik kabi ahloqiy tushunchalar bayo
"Tarbiya" kitobiga uslub, shakl nuqtai nazardan emas (bu jihatdan an'anaviy ensiklopediya talablaridan farqlanadi) balki mazmun-mundarizhasi jihatdan - tarbiya sohasida ko'p masalalarni qamrab olganligi bilan entsiklopediya deb atalgan. Undagi maqolalarni tayyorlashda asosan O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlari ishtirok etganlar. Shuningdek, 12 jildli "O'zbekiston milliy ensikllpediyasi" maqolalaridan, ro'yxati kitobning oxirida berilgan adabiyotlardan foydalanildi.
"Tarbiya" ensiklopediyasi pedagogika fanlari doktori Qozoqboy Yo'ldoshevning "Tarbiya - barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili" maqolasi bilan boshlanadi, so'ng alifbo tartibida asosiy maqolalar beriladi. Kitobning adadi 3000 nusha. Tuzuvchisi M.Aminov, mas'ul muharriri A.Majidov.
Manba: Ensiklopediya.uz