November 22nd, 2006

logo

Riyozat ul-nafs

BADAN TARBIYASI

Yaxshiliklarni qilishda monelik qiladigan tuyg’ularni yo’q qilib borish lozim. Buning uchun nafsni kuchsizlantirish zarur. Ko’p orzu-istaklarning manbai bo’lgan, rohat-farog’at, kayf-safo, tanballik, zavqni hohlaydigan bu nafsni, uning orzu-istaklari manbaini quritmoq lozim. Ya’ni urishayotgan lashkarni ta’minlash yo’llari kesilmog’i lozim. Nafsga qarshi jihod qilinadi, mujodala etiladi. Nafs yengilishi kerak! Agar nafs baquvvat bo’lsa, bu pahlavonni yengish qiyin bo’ladi, chunki ta’minot kuchi bo’lgan dushman lashkarini yengish qiyin. Orqadan ta’minot yo’llarini kesib, uni o’q-dorisiz, oziq-ovqatsiz, masalliqsiz, suvsiz qoldirmoq lozim. Shuning uchun turuqi nafsoniyyada, ya’ni nafsoniy tariqatda riyozati nafs asos qilib olinadi. 

Collapse )