May 26th, 2006

logo

Germaniyalik ishbilarmonlar Termizda

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Nemis iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi raisi Klaus Mangold rahbarligidagi Germaniya Federativ Respublikasi delegatsiyasi 24 may kuni Surxondaryoga tashrif buyurdi.

Termiz shahrida germaniyalik mehmonlar hamda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, qo‘shma korxonalar, bank va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida biznes-konferensiya o‘tkazildi.

Germaniya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan. Bu yo‘nalishdagi hamkorlik ikki mamlakat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarga mos tarzda rivojlanmoqda. Ayni kunlarda tomonlar mamlakatlarimizning hududiy-ma’muriy birliklari, ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida bevosita hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Anjumanda germaniyalik ishbilarmonlar viloyatning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati bilan tanishdilar. Kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.


Manba: UzA