January 15th, 2006

logo

Matbuotimizda lotin grafikasi.

Gazetalarimizda bir "paradoks", ya'ni aks holat bor. Ba'zi gazetalar maqolalarning bir qismini lotin alifbosida, qolganini esa kirill alifbosida chiqarishyapti. Men  bu holatni o'quvchilarning yangi yozuvga o'rganishiga ko'maklashish deb tushunaman. Boshqa tomondan esa, bu juda g'alati ko'rinadi... Yana, juda ko'pchilik gazetalarimizning nomi birinchi sahifada va boshqa sahifalarning burchagida aynan lotin yozuvida berilgan. Qolgan joylar esa odatdagidek, kirillchada. Mana bu narsa esa umuman noma'qul bir tadbir. Bir tanishimizning aytishicha, buni ko'rgan xorijlik bir mehmon miyig'ida kulib ham qo'ygan ekan...