2011 yilning muhim sanalari (Fevral)
Manba: www.natlib.uz
By logging in to LiveJournal using a third-party service you accept LiveJournal's User agreement
- Inson yolg'on gapirganida yuragi odatdagidan ko'ra tezroq ura boshlaydi. Buni miloddan oldingi 250 yillarda yunon shifokori Erasistrat (mil. ol. 300-240) aniqlagan edi. Ayni kunda mazkur kashfiyot "yolg'on detektori"ning ishlash printsipi asosini tashkil qiladi.
- 1302 yili italiyalik shifokor Bartolomeo da Varinyana Yevropada birinchi bo'lib sud ekspertizasi uchun murdani yorib ko'rgan.
- Ayblanuvchining qanday inson ekanini husnixatiga qarab aniqlash ilk bor 1595 yili Parijda amalga oshirilgan.
- 1891 yilda Buenos-ayreslik politsiyachi Xuan Vuchetich birinchi marta jinoyatchini barmoq izlariga qarab aniqlagan edi. Bu voqea kriminalistika sohasida haqiqiy inqilob bo'ldi.
- "Kleopatra" (1963) tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan Elizabet Teylor film davomida roppa-rosa 65 xil libos kiyadi.
DAVOMI >>
• Temir 5000 daraja haroratda bug'lanib ketadi.
• Saudiya Arabistoni davlati hududidan bitta ham daryo o'rin olmagan.
• Gretsiya davlatining madhiyasi 158 usulda yangrashi mumkin.
• Yapon olimlarining aniqlashicha, odamning tishi qanchalik ko'p to'kilsa, xotirasi shunchalik past bo'ladi.
• Indoneziya tarkibida 17 ming 508 ta orol mavjud.
• Dunyodagi eng iliq dengiz deb Qizil dengiz tan olingan.
DAVOMI >>
| Fred Orrning "A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari" ("Study Skills for Successful Students") kitobi 1992 yilda Avstraliyada nashrdan chiqqan. Unda o'quv yurtlari talabalarining o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirishlari uchun muhim bo'lgan bir qator ko'nikmalar haqida so'z yuriltiladi va ushbu ko'nikmalarni rivojlantirsh borasida foydali maslahatlar beriladi. Kitobda berilgan maslahatlar yuqori sinf o'quvchilari, kollej va oily o'quv yurtlari talabalari uchun birdek mos keladi. Talabalar o'quv faoliyatidan keltirilgan misollar, yoki keyslar (case study) har bir talaba duch keladigan turli-tuman sharoitlarni tasvirlaydi. Ular asosida muallif o'z fikrlarini bildiradi va muammolarni bartaraf qilish borasidagi usullar bilan tanishtiradi. Keltirilgan keyslarning qahramonlarining ba'zilari ma'lum kurs bo'yicha mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o'tgan va a'lo natijalarga erishgan bo'lsalar, ayrimlari qiyin ahvolga tushib qolganlar. Bu yerda muallif yetkazmoqchi bo'lgan muhim ma'lumot shundaki, o'qish jarayonidagi har bir tajriba o'zida xos ijobiy potensialga ega. Hatto kurs ishi yomon baho bilan qaytarib berilsa ham. Masalaning "yorqin tarafi"ga qaraydigan bo'lsak, bu talabaning ma'lum ko'nikmalarini rivojlantirishiga bo'lgan bir chaqiruvdir. |
R.Emerson
⇒Agar biz bilim orttirish niyatida kitob o'qir ekanmiz, shoshmay o'qishimiz, kitoblarda uchraydigan jami bizga notanish, o'rganishni istagan narsalarimizni yozib borishimiz darkor.
E.Fage
⇒Agar nimanidir o'qib chiqqan bo'lsang, undagi asosiy fikrni uqib ol. Men ham shunday qilaman: o'qigan narsamdan albatta nimanidir yozib olaman.
Seneka
⇒Kitob odamni bilag'on, suhbat topqir qiladi; yozib olish odati esa uni aniqlikka o'rgatadi.
( Collapse )
Tarixiy fotosuratlarni oq-qora tusda o'rganib qolganmiz. Nafaqat yuz yil oldingi, balki undan keyingi davr fotoxronikalari rangli emas. Oilaviy albomni qo'lga olib bir varaqlasak, hatto 20 yil oldin oldirgan suratlarimizning aksari oq-qora tusda. Shu sababdan, bundan ikki yilcha muqaddam G'arbning yirik bir kutubxonasida yaratilgan elektron kolleksiyada XX asrning boshlari Turkiston hayotiga oid rangli fotolarni ko'rib lol qolgan edim.
Ushbu asarlar mashhur rus fotografi Sergey Mixaylovich Prokudin-Gorskiy (1863-1944) ijodiga taalluqlidir. Bugun sizga Prokudin-Gorskiyning 1906-1907 yillarda Turkiston o'lkasiga qilgan sayohati davomida olgan suratlarini namoyish qilmoqchimiz. Ungacha esa, fotosuratchining hayotiga ayrim ma'lumotlarga to'xtalib o'tsak.
DAVOMINI O'QING >>
DAVOMINI O'QING >>
Kiyinish madaniyati, suhbatlashish odobi, kelinlik odobi, kasb odobi, mehmondorchilik odobi, muomala odobi kabi maqolalar kitobdan joy olgan. Shuningdek, kamtarlik, mardlik, jasorat, insonparvarlik, insof, do'stlik, vijdon, burch, baxt, ishchanlik, ko'ngilchanlik, mas'uliyat, rostgo'ilik, poklik kabi ahloqiy tushunchalar bayo( Collapse )