Вы читаете aks_sado

Yana elektron kutubxonalar haqida



Elektron yoki raqamli kutubxona keyingi yillar davomida eng ko'p qo'llaniladigan atamalar qatoridan joy oldi. Bu turdagi kutubxonalar faqatgina kompyuter tizimlari orqaligina foydalansa bo'ladigan resurslar (bosma, mikrofilm va boshqa tashuvchilardan farqli ravishda)ni o'z ichiga oladi. Ulardagi raqamli ma'umotlar lokal ravishda yoki kompyuter tarmoqlarida saqlab kelinadi. Raqamli kutubxona axborot qidiruv tizimining bir turidir.

Raqamli kutubxona (inglizcha digital library)atamasi bosma nashrlarda dastlab Corporation for National Research Initiativesning 1988 yilgi hisobotida tilga olingan. Keyinchalik, 1994 yildaNSF/DARPA/NASA tomonidan keng muomalaga kiritilgan. G'oyaning o'zini esa amerikalik olim Vannevar Bushning 1945 yilda e'lon qilingan "As You May Think" maqolasida uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolada Bush kelajakda barpo etilajak, minglab kutubxona kitoblari va tadqiqot natijalariga yo'l ochib beruvchi kompyuter konsepsiyasi - Memex haqida so'z yuritgan edi. Bundan birmuncha vaqt ilgani virtual kutubxona va raqamli (elektron) kutubxona atamalari bir ma'noni anglatish uchun navbat bilan qo'llanib kelinar edi. 

DAVOMINI O'QING >>

Comments